Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

“Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi

photo 2025 07 09 16 35 54

 Prezident, yo‘l harakati madaniyatini oshirish va ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi kurashish maqsadida yangi tizim joriy etilishini e’lon qildi. Buning uchun “Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi.

Agar haydovchi bir oy ichida 2 marta qarama-qarshi harakatlanish, qizil chiroqda o‘tish yoki tezlikni 5 marta oshirish kabi huquqbuzarliklarni sodir etsa, u 1 yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.

Agar bunday huquqbuzarliklar 10 tadan ortiq bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi 6 oygacha olinadi.

Shuningdek, tezlik uchun jarimalar qayta ko‘rib chiqilib, me’yoridan 2-3 karra tez harakat qilganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan.