Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganligi sabab jarimaga tortildi

Xonanda Botir Qodirov shoir Shamsiddin To‘rayevning mualliflik huquqini buzganlikda aybdor deb topildi. Undan jami 132 million so‘m tovon va ma’naviy zarar puli undiriladi.

Uchtepa tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, Qodirov To‘rayevga 112,5 million so‘m tovon puli va 20 million so‘m ma’naviy zarar puli to‘lashi shart.

Shuningdek, Qodirovga “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” qo‘shiqlarini efirga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va har qanday platformada foydalanishni to‘xtatish majburiyati yuklatildi.

Qonunchilikka ko‘ra, muallif huquqi buzilgan shaxs zarar o‘rnini qoplash yoki bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli undirilishini talab qilish huquqiga ega.