Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi

915890462b1d8d92d3179d177f6b1de5

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi.

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish va muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda yilda faqat bir marta ishtirok etishlari mumkin. Tanlov 10-avgustdan 10-fevralgacha o‘tkaziladi.

Suhbatda chaqiriluvchining harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi, huquqbuzarliklar va so‘lg‘ining holati kabi ma’lumotlar aniqlanadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasi turnikda tortilish, 100 metr va 3000 metrga yugurish orqali baholanadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchiga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik xulosasi chiqariladi.