Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Ohangaron tuman hokimligi mansabdori pora bilan qo‘lga olindi

photo 2025 07 04 10 09 42 e1751613301844

Toshkent viloyati Ohangaron tuman  hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs, hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uch xonali xonadonni mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berish uchun pora olgan.

U, xonadonning narxini 15 ming AQSH dollariga kelishib, fuqarodan yana 3 ming 500 dollar talab qilib, jami 18 ming 500 dollarni so‘ragan.

Biroq, shaxs oldindan 9 ming 500 dollarni olgan vaqtida ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.