“Reuters” nashrida O‘zbekistonning so‘nggi yillarda erishgan iqtisodiy yutuqlari va islohotlaridagi muvaffaqiyatlar haqida keng qamrovli maqola e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish va sohalardagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritilgan.
Maqolada, ayniqsa, iqtisodiy islohotlar va yirik investitsiyalar sohasidagi muvaffaqiyatlar ta’kidlangan. 2024-yilda mamlakatga kirgan xorijiy investitsiyalar miqdori 34.9 milliard dollarga yetgani va bu yutuqlarni mamlakatning tabiiy resurslaridan foydalangan holda energiya, ishlab chiqarish va konchilik kabi sektorlarga yo‘naltirilgani haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, texnologiya, yashil energiya va transport sohalarida ham jiddiy sarmoyalar kiritilganligi qayd etilgan.
Maqolada shuningdek, ACWA Power kabi xalqaro kompaniyalarning qayta tiklanadigan energiya sohasida amalga oshirgan investitsiyalari, DataVoltning Toshkentda raqamli xizmatlar va IT sohasidagi sarmoyalari haqida ham so‘z boradi.
Shuningdek, OTP Groupning bank sektoriga kirishi va mamlakatning moliyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdagi muvaffaqiyatlari haqida ham yoritilgan.
Bundan tashqari, Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi orqali O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va yangi islohotlar doirasidagi muvaffaqiyatlar ham ta’kidlangan.
Bu yangiliklar O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlash va xalqaro investorlar e’tiborida bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi.