Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“O‘rikzor”dagi qurilish bozori sud qarori bilan vaqtincha yopildi

Nilufar Qobilova 01.07.20251 daqiqa o'qiladi
33

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan O‘rikzor “Stroy Gorod” qurilish bozori sud qarori bilan vaqtincha yopildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bozorda elektr energiyasidan uzilish sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi 2025-yil 13-iyunda “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MCHJga qarashli savdo binolarida yong‘inga qarshi kamchiliklar va qonun buzilishlari aniqlanganini ma’lum qilgan. Sud qaroriga asosan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan bozorning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Savdo kompleksi (qurilish mahsulotlari bozori) 27-iyun kunidan yopilgan. Faoliyatni qayta boshlash faqat barcha kamchiliklar bartaraf etilgach amalga oshiriladi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Shuningdek, noqonuniy faoliyatlarga guvoh bo‘lganlar O‘zbekiston Respublikasi FVV 1101 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *