Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Rossiyada xorijliklarning SIM-kartalari ommaviy ravishda o‘chiriladi

IMG 20250701 183405 818

1-iyuldan boshlab Rossiyada biometrik ma’lumotlarini topshirmagan xorijiy fuqarolarning mobil aloqasi uzila boshlaydi. Bu haqida Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Vazirlikka ko‘ra, 2024-yildan boshlab chet elliklar aloqa xizmatidan foydalanishi uchun Yagona biometrik tizimda (YaBT) ro‘yxatdan o‘tishi shart. Yangi qoida bilan ular faqat 10 tagacha SIM-karta rasmiylashtira oladi. Avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha biometrikani topshirish muddati 1-iyul edi. Unga rioya qilmaganlar bosqichma-bosqich tarmoqdan uziladi.

Agar raqam uch oy davomida ishlatilmagan bo‘lsa, u darhol o‘chiriladi. Faol raqamlar esa birinchi navbatda xalqaro va shaharlararo aloqadan uziladi, internet tezligi kamaytiriladi. 30 kun ichida biometrik ro‘yxatdan o‘tilmasa, aloqa butunlay to‘xtatiladi.

Raqamli vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 2 milliondan ortiq chet ellik fuqarolar yangi tartib asosida ro‘yxatdan o‘tgan.

Vazirlik, shuningdek, Rossiyaga kirishdan avval ruID ilovasi orqali raqamli profil yaratish va biometrikani ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligini ham eslatgan.