Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkentda BMW va Kia haydovchilari poyga uyushtirganliklari uchun jazolandi

Nilufar Qobilova 01.07.20251 daqiqa o'qiladi
50

Toshkentda BMW va Kia haydovchilari o‘rtasida poyga tashkil etilishi natijasida ma’muriy javobgarlikka tortildilar. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda poyga qilgan haydovchilarning videosi tarqaldi.

Ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidagi Fayzli ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan haydovchilarning shaxslari aniqlangan. Birinchi haydovchi so‘zlariga ko‘ra, ular qaysi avtomobil kuchliroq ekanligini sinab ko‘rishga qaror qilishgan.

Qoida buzgan fuqarolarga ma’muriy bayonnomalar tuzildi va BHM ning 25 baravari miqdorida jarima solindi. Shuningdek, avtomobillar jarima maydoniga joylashtirildi.

Qonun talablariga ko‘ra, yo‘l huquqbuzarligini sodir etgan shaxslar 1 yildan 2 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *