Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

G‘ijduvondagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni kaltaklagan

J8FWX3AToiUjBdYG6I98vDfFbsdzUrX

 Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi 53-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltaklagan. Holat may oyi oxirlarida sodir bo‘lgan va Kun.uz’ga videolar yuborilgan.

Videolarga ko‘ra, tarbiyachi bolalar bilan doimiy qo‘pol munosabatda bo‘lgan va ularni bir necha bor urgan. Video tasvirlarda, tarbiyachi bolalarga baqirib, “Oyog’ing sinsin” deb, ularga shapaloq bilan urish ko‘rsatilgan.

Kaltaklash oqibatida bolalarning yelka qismlari qizargan. Bu haqda suratlar ham tahririyatga kelib tushgan.

Jabr ko‘rgan bolalarning otalaridan biri shunday deb ta’kidladi: “Tarbiyachi bolalar bilan doimiy ravishda shunday muomala qiladi.”

Shuningdek, bundan ikki yil oldin ham tarbiyachi tomonidan bunday videolar tarmoqda tarqalgani haqida ma’lumot berildi.