Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Ichki reyslar uchun endi pasportsiz sayohat qilish mumkin

Nilufar Qobilova 01.07.20251 daqiqa o'qiladi
145

1-iyuldan boshlab, yo’lovchilar ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun elektron versiyalardagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, yo’lovchilar my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” ilovasiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tishlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni elektron shaklda ro‘yxat o’tish joyida agentga ko‘rsatishlari zarur.

Aeroportda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ro‘yxatdan o‘tishda skrinshotlar, suratlar yoki qog‘oz nusxalari qabul qilinmaydi. Faqatgina ilovalarda mavjud bo‘lgan dolzarb ma’lumotlar tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Shuningdek, bugundan boshlab raqamli hujjat nusxalari banklarda, notarial idoralar, aeroportlar, vokzallar va davlat xizmatlarini taqdim etishda qabul qilinadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *