Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi

Prezident Farmoni PФ-91-son, 02.06.2025 y. ga asosan, bugundan boshlab pensiya va nafaqalar miqdori 10%ga oshirildi. Ushbu o‘zgarishlar fuqarolarga taqdim etilayotgan ijtimoiy yordamning miqdorini sezilarli darajada oshiradi.

  • Pensiyani hisoblashning asosiy miqdori:

    • Oldingi miqdor: 428 000 so‘m

    • Amaldagi miqdor: 471 000 so‘m

  • Yoshga doir eng kam pensiya miqdori:

    • Oldingi miqdor: 834 000 so‘m

    • Amaldagi miqdor: 918 000 so‘m

  • Mexnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqaning miqdori:

    • Oldingi miqdor: 920 000 so‘m

    • Amaldagi miqdor: 1 012 000 so‘m

  • Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqaning miqdori:

    • Oldingi miqdor: 745 000 so‘m

    • Amaldagi miqdor: 820 000 so‘m

  • Ish staji to‘liq bo‘lmagan vaqtdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori:

    • Oldingi miqdor: 745 000 so‘m

    • Amaldagi miqdor: 820 000 so‘m