Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida, bir nechta shaxslar ommaviy elektr tarmoqlaridan tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan foydalanib, milliy iqtisodiyotga katta zarar yetkazishgan.
Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda A.G. fermasi rahbari G.S. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy elektr tarmog‘iga ulab, 211,6 million so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishga sabab bo‘lgan.
Shu kabi holat Uzun tumanida ham qayd etilib, U.A. MChJ rahbari O.A. tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan 100,1 million so‘m miqdorida elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan.
Jinoyat ishi 169-modda (o‘g‘rilik) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.