Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

O‘quvchilarning g‘oyalarini startapga aylantirish uchun 100 mlrd so‘m grant ajratiladi

photo 2025 06 30 12 34 23

O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha ushbu yo‘nalishga 145 million dollar venchur sarmoya jalb etilgan bo‘lsa, Prezident bu raqamni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi.

Endi startap rivoji maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “Mohirlik va biznes soati” joriy qilinadi hamda ularning ijodiy g‘oyalarini startapga aylantirish uchun 100 milliard so‘m miqdorida grant mablag‘lari ajratiladi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Innovatsiya agentligi va IT-park tomonidan “RnD” markazi tashkil etilib, startaplarni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazishga ko‘maklashadi.

“Eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatlarining 50 ming dollargacha bo‘lgan qismi Yoshlar venchur jamg‘armasi hisobidan qoplanadi,” — deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Bundan tashqari, har yili “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda investorlar, yirik korxonalar va startap tashabbuskorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.