Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

O‘zbekistonda qamoqqa olinganlar 2 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda qamoqqa olinganlar 2 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Endi qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda “Qamoqda saqlash tartibi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda qayd etildi.

Yangi tartibga ko‘ra, tibbiy ko‘rik qamoqqa olingan shaxs tergov hibsxonasiga keltirilgan vaqtdan boshlab 2 soat ichida amalga oshirilishi lozim.

Ko‘rik natijalari belgilangan shakldagi tibbiy hujjatda rasmiylashtiriladi.

Agar qamoqqa olingan shaxs rozilik bersa, ko‘rikda uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

Tibbiy ko‘rik chog‘ida tanada jarohat yoki boshqa shikastlar aniqlansa, ular qayd etilib, shaxsga ma’lum qilinadi va bu holat bo‘yicha darhol prokurorga xabar beriladi.