Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

«City Football Group» O‘zbekistonda Qo‘qon-1912 klubini sotib olishi mumkin

energiya 2

Insayderlar xabariga ko‘ra, City Football Group O‘zbekistonda Qo‘qon-1912 futbol klubini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, City Football Group O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surib kelayotgan yosh iqtidorli futbolchini ham sotib olishni rejalashtirayotgani bildirilmoqda. Hozircha futbolchining ismi oshkor qilinmagan, ammo bu borada tez orada qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

City Football Group — “Manchester City” va yana bir nechta jamoalarga egalik qiluvchi yirik kompaniya bo‘lib, uning klublari deyarli barcha qit’alarda faoliyat yuritadi.