Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Nukus shahrida Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.-Q.” MChJ mas’ullari yangi qurilayotgan binoni tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 165,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan tekshiruvlarda “F.B.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.F. va “R.” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi J.T. suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulab, 182,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.