Netflix platformasida katta mashhurlikka erishgan koreys seriali “Kalmar o‘yini”ning uchinchi va yakuniy mavsumi premyera qilindi.
Yangi mavsumda voqealar yana Son Ki Xun atrofida rivojlanadi. U do‘sti Jung Baening (390-o‘yinchi) fojiali o‘limidan so‘ng, o‘yin tizimini ichkaridan yo‘q qilish maqsadida halokatli o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘ladi.
Uchinchi mavsumda o‘yinchilarga yangi elementlar — qizil va ko‘k sharchalar bilan bog‘liq jamoaviy topshiriqlar va o‘yinlar taqdim etilgan.
Garchi uchinchi mavsum asosiy hikoyaning yakuni bo‘lsa-da, Netflix “Kalmar o‘yini” olamini kengaytirish rejalarini bildirgan. Unga ko‘ra, mobil o‘yinlar va ehtimoliy spin-off loyihalar ishlab chiqilishi mumkin.
“Kalmar o‘yini” uchinchi mavsumi jami 6 qismdan iborat.