Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Oʻzbekistonda chilla — yilning eng jazirama davri — 25-iyundan boshlanadi

Oʻzbekistonda chilla — yilning eng jazirama davri — 25-iyundan boshlanadi

Oʻzbekistonda har yili 25-iyundan 3-avgustgacha bo‘lgan 40 kunlik davr xalq orasida “chilla” yoki “saraton” deb ataladi. Bu nom fors tilidan olingan bo‘lib, “qirq kun” degan ma’noni bildiradi.

“Chilla” — O‘zbekistonning tabiiy iqlim tizimiga xos, an’anaviy jihatdan yozning eng issiq va og‘ir davri hisoblanadi.

Yoz oylarida qizigan cho‘llar ustida yuqori haroratli va past namlikka ega tropik havo massalari hosil bo‘ladi. Bu holat kam bulutli, quruq va o‘ta jazirama ob-havoga sabab bo‘ladi.
Ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra, yilning eng yuqori harorat ko‘rsatkichlari aynan shu davrga — «chilla» kunlariga to‘g‘ri keladi.

«Chilla» davrida sog‘liqni saqlash bo‘yicha asosiy tavsiyalar

1. Suyuqlik ichish tartibi

Shakar qo‘shilmagan toza suv yoki ko‘k choy iching (kuniga 1,5 litrgacha).

Yurak-qon tomir yoki buyrak muammolari bo‘lganlarga suyuqlikni me’yordan ortiq ichish tavsiya etilmaydi.

Spirtli ichimliklardan voz keching.

Qahvani cheklang.

2. Ovqatlanish

Kam-kam, lekin tez-tez ovqatlaning.

Go‘sht va hayvon yog‘lari iste’molini kamaytiring.

Sabzavot va o‘simlik mahsulotlariga ustuvorlik bering.

Kechki ovqatda og‘ir taomlardan saqlaning.

3. Kiyim tanlash

Tor yoki yoqali kiyimlarni kiymagan maʼqul. Oʻzingizga qulay kiyim kiying.

Och rangli, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar tanlang.

Quyosh urishining oldini olish uchun bosh kiyim (shapka, panama) kiyish zarur.

4. Haroratga mos rejim

Sovuq emas, salqin dush olish tavsiya etiladi.

Soat 10:00 dan 16:00 gacha iloji boricha ochiq quyoshda yurmaslik kerak.

Issiqlik urishi xavfi: belgilar va choralar

Agar quyidagi belgilardan biri sezilsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling:

— Bosh aylanishi

— Bosh og‘rig‘i

— Holsizlik

— Ko‘ngil aynishi

— Qaltirash

«Saraton»da oʻzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.