Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Toshkent viloyatida 3 nafar bola ko‘lmakda cho‘kib halok bo‘ldi

photo 2025 06 15 09 33 15

14-iyun kuni soat 14:00 atrofida  Toshkent viloyati Parkent tumanining Surxi mahallasida achinarli hodisa yuz berdi: 3 nafar voyaga yetmagan bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, bir guruh bola Parkaentsoy daryosining qurigan o‘zanida yuzaga kelgan vaqtincha ko‘lmakka cho‘milish uchun borgan. Afsuski, suvning chuqurligi 2 metrga yaqin bo‘lgan joyda bolalardan 3 nafari cho‘kib ketgan.

Voqea yuz bergan joyda rasmiy ravishda cho‘milish uchun mo‘ljallangan infratuzilma mavjud emas, suv esa turib qolgan, noshar’iy va sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylardan biridir.