Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Eron havo hududi yopilishi sababli bir qator reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Eron havo hududi yopilishi sababli bir qator reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik ortidan Eron havo hududining vaqtincha yopilishi bir qator xalqaro aviakompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways 2025-yil 15-iyundan 30-iyungacha bo‘lgan muddatda Toshkent–Dubay, Toshkent–Sharm ash-Shayx va Toshkent–Tel-Aviv yo‘nalishlaridagi reyslar jadvalini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga majbur bo‘ldi.


Jadvali o‘zgartirilgan reyslar

🔹 HY333/334 (Toshkent – Dubay – Toshkent)
• Uchish: 07:35
• Yetib kelish: 11:00
• Qaytish: 12:30, Toshkentga kelish: 17:30

🔹 HY341/342 (Toshkent – Sharm ash-Shayx – Toshkent, seshanba kunlari)
• Uchish: 08:50, Yetib kelish: 13:20
• Qaytish: 14:50, Toshkentga kelish: 22:30

🔹 HY341/342 (chorshanba va yakshanba kunlari)
• Uchish: 08:35, Yetib kelish: 13:05
• Qaytish: 14:35, Toshkentga kelish: 22:15