Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qildi.
Shuningdek, elchixona shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo birga olib yurish kerakligini qayd etgan.
Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: 22299780, 22832025
Avvalroq, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqqandi.