Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo’naltirildi

Ic1l5gf5WCQl18K

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo’naltirildi:

  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo’nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo’ndi;
  • «Fly Dubai» aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo’nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo’ndi.

Shuningdek, «Air Cairo» aviakompaniyasining Olmaota – Sharm-ash-Shayx yo’nalishi bo’yicha SM882 reysi (07:46) va «Qatar Airways» aviakompaniyasining Seul – Doha yo’nalishi bo’yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo’nishni amalga oshirdi.

Parvozlar holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.

UPD: «Centrum Air» aviakompaniyasining Toshkent – Doha yo’nalishi bo’yicha C63341 reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yo’lovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.