Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Hindistonda halokatga uchragan samolyot talabalar yotoqxonasiga qulagani va 242 kishi halok bo’lgani aytilmoqda
Jahon

Hindistonda halokatga uchragan samolyot talabalar yotoqxonasiga qulagani va 242 kishi halok bo’lgani aytilmoqda

Nilufar Qobilova 12.06.20252 daqiqa o'qiladi
133

Hindistonda Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bortidagi barcha 242 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida 10 nafar ekipaj a’zosi va bort kuzatuvchilari ham bor. Bu haqda Ntws 18 telekanali ma’lum qilmoqda.

Hodisa 12-iyun payshanba kuni Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyotning dum qismi turar-joy binolari ustiga tushib, natijada ulardan birining devorlari qurum bilan qoplangan, boshqa binoning tomi esa yonib ketgan. Air India samolyoti Londonga uchmoqchi bo‘lgan. Samolyot bortida 169 nafar Hindiston fuqarosi, 53 nafar britaniyalik, 7 nafar portugaliyalik va 1 nafar kanadalik bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat hodisani tekshirishni davom ettirmoqda va hozirda layner halokati sababini aniqlamoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qush bilan to‘qnashgan va uchish uchun zarur tezlikka erisha olmagan. Ta’kidlanishicha, samolyotning yotoqxona binosiga qulab tushishi oqibatida kamida 20 nafar tibbiyot kolleji talabasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ahmadobod aeroporti ma’lum qilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 13:39 da 23-sonli uchish-qo‘nish yo‘lagidan havoga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng favqulodda vaziyat haqida ogohlantiruvchi “Mayday” signalini yuborgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay aloqa uzilgan.

Flightradar24 parvoz haqida oxirgi signal samolyot havoga ko‘tarilganidan atigi bir necha soniya o‘tib olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, havo kemasi VT-ANB kodi bilan ro‘yxatga olingan Boeing 787-8 Dreamliner bo‘lganini tasdiqladi. Biroq Boeing kompaniyasi hozircha rasmiy izoh bermadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ahmadobodda yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vazir Narendra Modiga taʼziya maktubi yo‘lladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *