105
Hindistonning Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida Air India aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 244 kishi, jumladan 12 nafar ekipaj a’zosi va 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hozircha voqea oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Qutqaruv va tergov ishlari davom etmoqda.