Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

«YandexGo UB» kompaniyasiga nisbatan adolatsiz raqobat ayblovi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

"YandexGo UB" kompaniyasiga nisbatan adolatsiz raqobat ayblovi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi buzilganlik alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Mazkur choralar «Uzum Market» MCHJ Xorijiy korxonasi tomonidan berilgan shikoyat asosida ko‘rilmoqda. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, “YandexGo UB” MCHJ Yandex Market reklamasi orqali televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda raqib kompaniya — Uzum Market’ning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi va adolatsiz raqobatga sabab bo‘luvchi harakatlarni amalga oshirgan.

Qo‘mita huzuridagi maxsus komissiya bu murojaatni ko‘rib chiqib, qonunbuzarlik alomatlarini aniqladi va qonunchilikka muvofiq tartibda ish qo‘zg‘atdi.
Raqobat qo‘mitasi ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini bildirdi.