Joriy yilning 5-iyun kuni soat taxminan 11:30 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Baytish MFY hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon sh. — Oqqo‘rg‘on sh. — Yangiyo‘l sh.” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan K.T “MAN TGS” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotganda haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tgan velosipedchi 2016-yilda tug‘ilgan Y. Enini urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.