Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Britaniya: «Rossiya xavfsizlikka asosiy tahdid»

Britaniya: "Rossiya xavfsizlikka asosiy tahdid"

Buyuk Britaniya Rossiyani o‘z xavfsizligiga eng yaqin va dolzarb tahdid sifatida baholashni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bu haqda 2-iyun kuni taqdim etilishi kutilayotgan milliy mudofaa va xavfsizlik strategik hisobotida ma’lum qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

130 sahifalik hujjatda Rossiya “bevosita va muhim tahdid” sifatida tilga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hujjatda, shuningdek, Xitoy “murakkab va uzoq davom etuvchi muammo”, Xitoy va Shimoliy Koreya esa “mintaqaviy tartibni buzuvchilar” deb tasniflanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hisobotda qayd etilishicha, Buyuk Britaniya “yangi tahdidlar davriga” kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Dronlar, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalar urush olib borish usullarini keskin o‘zgartirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hujjatda shuningdek, London allaqachon Rossiya bilan kiberxavfsizlik sohasida “urush holatida” ekani haqida ham fikr bildiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Britaniya hukumati bu hujjat orqali tahdidlar xaritasini yangilashni va xalqaro siyosiy pozitsiyasini qayta belgilashni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon