Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

Quyoshda yil hisobidan eng katta portlash sodir bo’ldi

Nilufar Qobilova 31.05.20252 daqiqa o'qiladi
27

2025-yilning 31-mayiga o‘tar kechasi Quyoshda katta portlash — Coronal Mass Ejection (CME) sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yer tomon yo‘naltirilgani sababli mutaxassislar va olimlarning alohida e’tiborini tortdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar institutidagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

  • Quyosh portlashi M8.2 darajasida qayd etilgan va Toshkent vaqti bilan soat 05:05 da yuzaga kelgan.

  • Portlash Quyoshning ko‘rinadigan diskining markazida bo‘lib o‘tgan, “Quyosh–Yer” chizig‘i bilan deyarli bir tekis joylashgan.

  • Laboratoriya ma’lumotlariga ko‘ra, Quyoshdan chiqarilgan zarrachalar Yerni chetlab o‘tishi nazariy jihatdan imkonsiz.

    Quyosh alangalari ularning rentgen nurlanishiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi:

A, B, C, M va X

  • A0.0 eng zaif,

  • X esa eng kuchli sinf hisoblanadi.X sinfidagi alangalar Yerda kuchli magnit bo‘ronlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Magnit bo‘ronlari va ta’siri

  • Ushbu hodisa Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshlarning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

  • Shuningdek, qutb atrofidagi shimoliy yulduz kuchayishiga olib keladi.

  • Mutaxassislar bu portlash 2024-yil may oyidagi eng kuchli Quyosh faolligidan kuch jihatdan kamroq ekanini ta’kidlaydi.

  • Shunga qaramay, hodisa G4 darajagacha bo‘lgan magnet bo‘ronlariga sabab bo‘lishi mumkin, bu maksimal G5 sinfiga bir daraja kam.

  • Hozirda G5 darajasidagi bo‘ron ehtimoli 2 foizdan oshmaydi.

29-mayga o‘tar kechasi Yerda G darajali magnet bo‘roni boshlanib, bu Quyosh shamolining Yer yaqinida tezligining keskin oshishi bilan bog‘liq.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *