Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Rossiya Serbiyani Ukrainaga qurol yetkazishda aybladi

Rossiya Serbiyani Ukrainaga qurol yetkazishda aybladi

Rossiya Serbiyani Ukrainaga qurol yetkazib berganlikda ayblab chiqdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) Serbiya mudofaa sanoati korxonalari NATOga a’zo davlatlar — jumladan Chexiya, Polsha, Bolgariya va ayrim Afrika mamlakatlari orqali Ukrainaga o‘q-dori yetkazayotganini da’vo qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

SVR bayonotida bu harakatlar “xiyonatga teng” deb baholanib, Serbiya hukumati o‘zining anʼanaviy ittifoqchisiga qarshi “qonli foyda” izlayotgani taʼkidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ “Do‘st kim, dushman kimligini unutib qo‘yishmoqda,” deyiladi bayonotda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Moskvaga tashrifi chog‘ida bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilganini tasdiqladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ U ikki tomon “qurol yetkazib berish yo‘nalishlarini aniqlash uchun ishchi guruh tuzishga kelishganini” aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Vuchich Serbiya Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol eksport qilmayotganini taʼkidladi va Belgradning harbiy betaraflik siyosatini saqlab qolayotganini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Biroq 2023-yildan beri Serbiyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar uchinchi davlatlar vositasida Ukrainaga yetkazilayotgani haqidagi xabarlar G‘arb OAVlarida bir necha bor tilga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Serbiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni istayotgan bo‘lsa-da, Rossiya bilan yaqin siyosiy va madaniy aloqalarni saqlab kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Prezident Vuchich bu yil 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba bayrami paradida qatnashgan yagona yevropalik yetakchi bo‘ldi — bu esa G‘arbda tanqidlarga sabab bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, Serbiya G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan kam sonli yevropalik davlatlardan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ushbu vaziyat Serbiya uchun geosiyosiy bosimni kuchaytirib, uning G‘arb bilan yaqinlashish rejalari uchun muammolar tug‘dirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon