Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Jennifer Lopez O‘zbekistonda ilk bor konsert beradi

Jennifer Lopez O‘zbekistonda ilk bor konsert beradi

2025-yil 7-avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida jahon superyulduzi Jennifer Lopezning “Up All Night – Live in 2025” jahon sayyor chiqishlari doirasidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

Ushbu konsert Jennifer Lopezning O‘zbekistondagi ilk chiqishi bo‘lib, xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Jennifer Lopez — amerikalik qo‘shiqchi, aktrisa, raqqosa va film produseri. 1997-yilda “Selena” biopikasida bosh rolni ijro etib, bu film uchun 1 million AQSh dollari miqdorida maosh olgan birinchi lotin aktrisasi sifatida “Oltin Globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u “Anaconda” (1997) va “Out of Sight” (1998) filmlarida ham suratga tushgan.

Bugungi kunda Lopez Hollywoodning eng ko‘p haq to‘lanadigan lotin aktrisalaridan biridir.