Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 2 daqiqa o'qish

AP surishtiruvi: Isroil askarlari Gʻazoda inson qalqonlaridan muntazam foydalangan

AP surishtiruvi: Isroil askarlari Gʻazoda inson qalqonlaridan muntazam foydalangan

Associated Press (AP) tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, Isroil armiyasi Gʻazodagi urush paytida falastinlik tinch aholini inson qalqoni sifatida tizimli tarzda ishlatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ AP bu borada yettita falastinlik jabrlanuvchi va ikki nafar isroillik sobiq harbiy bilan suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularning aytishicha, oddiy fuqarolar uy va tunnellarga kirishga, portlovchi moddalar yoki jangarilar bor-yo‘qligini aniqlashga majburlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Garchi bu xalqaro qonunlarga zid bo‘lsa-da, bu amaliyot keng ko‘lamda, yuqoridan berilgan buyruqlar asosida amalga oshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Faqat inson qalqoni bo‘lganimdagina qo‘llarim yechilgan”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shimoliy Gʻazoda yashovchi 36 yoshli Ayman Abu Hamadan 2024-yil yozida Isroil harbiylari tomonidan 2 haftadan ortiq ushlab turilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Harbiy kiyim kiydirilgan, peshonasiga kamera mahkamlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uni uydan uyga olib kirishgan, ichkarida xavf bormi, yo‘qmi — tekshirtirishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Har safar boshqa bo‘linmaga topshirishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Ular meni urishdi, «Senda tanlov yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Buni bajarmasang — o‘ldiramiz,’” — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ayman har kuni qorong‘i xonada bog‘lab qo‘yilgan, ertalab esa yana xavfli topshiriqlarga olib chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Buyruqlar yuqoridan, tizim esa oddiy holatga aylangan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Isroillik sobiq ofitserning aytishicha, bu usul armiyada keng tarqalgan va ko‘pincha yuqori rahbariyat tomonidan ma’qullangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Radioda “chivin olib keling” degan kodli ibora ishlatilgan — bu falastinlikni topib, xavfli joyga yuborish deganidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2024-yilda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda komandirlarga “chivin tuting” degan yozuvli slayd ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ofitserning aytishicha, u ikki marotaba yozma hisobot topshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ulardan birida boshqa guruh inson qalqoni sifatida foydalanayotgan falastinlikni noto‘g‘ri tushunib, otib o‘ldirgan holat qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Urushda bu odatga aylandi”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xon Yunus shahrida yashovchi 36 yoshli Mas’ud Abu Said 2024-yil martida ikki hafta davomida harbiylar tomonidan majburiy ishlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unga “birinchi yordam” jileti kiydirilgan, qo‘liga bolg‘a, simkesgich va telefon berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U binolar, kasalxonalar va uylarga kirib, xavfni aniqlashi kerak bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Bu juda xavfli edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Men askarga aytdim: ‘Men bolalarimni yana ko‘rmoqchiman,’” — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hatto bir amaliyotda akasini ko‘rib qolgan, u ham boshqa guruh tomonidan shunga o‘xshash tarzda ishlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ “Uni o‘ldirishgan deb o‘ylagandim,” — deya eslaydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ayollar va bolalar ham ayovsiz ishlatilgan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

G‘arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lagerida yashovchi Hazar Estity aytishicha, 2024-yil noyabrida uyiga bostirib kirgan harbiylar uni videoga olish va kvartiralarga askarlar kirishidan oldin ichkarini tekshirishga majbur qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U 21 oylik bolasining yoniga qaytishga ruxsat so‘ragan, lekin rad javobi olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Men eng ko‘p o‘ldirishlaridan qo‘rqdim,” — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Isroil armiyasi: bunday ishlar taqiqlangan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Isroil armiyasi AP’ga bergan izohda fuqarolardan inson qalqoni sifatida foydalanish qat’iyan man etilganini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularning aytishicha, bu taqiqlar harbiylarga doimiy eslatib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ayrim holatlar bo‘yicha tergov ochilgan, biroq tafsilotlar oshkor qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Xalqaro qonun haqida o‘ylamang”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Isroillik serjantning aytishicha, 2024-yil o‘rtalarida u va bo‘linmasi bunday amaliyotga qarshi chiqishga uringan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ammo yuqori lavozimli zobit: “Xalqaro qonunni unutaveringlar,” — degan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ikki kun davomida ular 16 yoshli bola va 30 yoshli erkakni xavfli hududlarga yuborishga majburlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bola doim titrab turgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ikkalasi ham “Rafah, Rafah” deb takrorlagan — bu urushdan qochib Gʻazoning janubidagi Rafah shahriga yig‘ilgan millionlab odamlarning yagona umid joyi edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon