Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Garvard tibbiyot maktabining sobiq xodimi besh yil davomida inson aʼzolarini sotganini tan oldi
Jahon

Garvard tibbiyot maktabining sobiq xodimi besh yil davomida inson aʼzolarini sotganini tan oldi

Gulhayo Naimova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
36

AQShning Massachusets shtatida joylashgan Garvard tibbiyot maktabining sobiq morg boshqaruvchisi, 57 yoshli Sedrik Lodj 2018-yildan 2022-yilgacha ilmiy tadqiqotlar uchun hadya qilingan inson jasadi qismlarini o‘g‘irlab, pullagani uchun aybini tan oldi.

Federal tergovchilarning aytishicha, Lodj bosh, miya, teri, qo‘l va boshqa tana qismlarini ruxsatsiz olib chiqib, ularni o‘zining Nyu-Xempshir shtatidagi uyiga olib borgan va turli xaridorlarga sotgan.
U bu ishda rafiqasi Deniza Lodj bilan birga harakat qilgan. Juftlik inson qoldiqlarini Pensilvaniya, Massachusets va Nyu-Xempshir shtatlaridagi xaridorlarga yetkazgan. Ba’zi holatlarda xaridorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Garvard morgiga kelib, jasad qismlarini tanlab olishgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Deniza Lodjga PayPal orqali minglab dollar to‘langan. Ayrim to‘lovlar “7-raqamli bosh” yoki “miyaaaaa” degan yozuvlar bilan amalga oshirilgan.

Garvard universiteti bu voqeani “axloqiy jihatdan jirkanch” deb atadi va inson jasadlari bilan ishlash tizimini to‘liq qayta ko‘rib chiqishga va xavfsizlikni kuchaytirishga va’da berdi.

Bu qilmishi ortidan Sedrik Lodj 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov doirasida yana bir nechta shaxslar, jumladan, Joshuya Teylor va Endryu Ensanian ham aybini tan oldi.

Ushbu voqea AQShda ilm oʻrganuvchilar uchun jasad hadya qilish dasturlariga bo‘lgan ishonchga jiddiy putur yetkazdi va ko‘plab oilalarda norozilik uyg‘otdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *