Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Gamburgdagi vokzalda 39 yoshli ayol yoʻlovchilarga pichoq bilan hujum qildi

Gulhayo Naimova 24.05.20252 daqiqa o'qiladi
9

Germaniyaning eng gavjum temir yo‘l vokzallaridan biri hisoblangan Gamburg markaziy stansiyasida sodir bo‘lgan pichoqbozlik voqeasida 18 kishi jarohat oldi. Hodisa 23-may kuni tush payti ro‘y berdi va shaharni bir muddat xavotirga soldi.

Politsiya bayonotiga ko‘ra, voqea bir ayol tomonidan sodir etilgan. 39 yoshli gumonlanuvchi pichoq bilan stansiyada bo‘lgan yo‘lovchilarga hujum qilgan.

Hujum ortidan tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari uni qo‘lga olishdi. Ayol ayni vaqtda hibsda, tergov ishlari davom etmoqda.

Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlarning ko‘pchiligi o‘rtacha va yengil darajada jarohatlangan. Ularga tez yordam ko‘rsatildi va hammasi kasalxonalarga yetkazilgan. Shifokorlar barcha jabrlanuvchilarning ahvoli barqaror ekanini tasdiqlashdi.

Politsiya voqea sabablari yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu terroristik hujum emas, balki ruhiy sog‘ligida muammo bo‘lgan shaxsning harakati sifatida baholanmoqda.

Ayolning ruhiy kasalliklar bilan hisobda bo‘lgan-bo‘lmaganligi hozircha aniqlashtirilmoqda.
Gamburg meri voqeadan so‘ng matbuot anjumanida chiqish qilib, hujumdan zarar ko‘rganlarga hamdardlik bildirdi va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Shunday voqealar bizni hushyor bo‘lishga undaydi. Fuqarolarimiz xavfsizligi — ustuvor vazifamiz,” — dedi u.

Temir yo‘l vokzalidagi kamera yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida to‘liq rasmiy surishtiruv boshlanib ketdi. Politsiya voqeaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlari va foto materiallarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *