Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Aholi dam olishi uchun ajratilgan yerlarni xususiylashtirish taqiqlandi

Nilufar Qobilova 24.05.20251 daqiqa o'qiladi
8

Qonunchilikka kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlari va dam olish uchun ajratilgan yerlarni xususiylashtirish yoki begonalashtirish qat’iyan man etiladi.

Ushbu hududlarda bino yoki inshootlar qurish, mavjud binolarni kengaytirish yoki yer maydonlarini qisqartirish ham taqiqlanadi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi moddaga binoan, ushbu cheklovlarga rioya qilmaslik — yer berish tartibini buzish jinoyati sifatida baholanadi va unga jazoni kuchaytiruvchi normalar qo‘llanadi.

 Bundan tashqari, yer uchastkalarining foydalanish shakllari aniq belgilanadi — asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linadi. Foydalanish bu tasniflarga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi.

 Shuningdek, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida belgilandi. Ularning hududida o‘simlik dunyosiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Yangi tartiblar — shaharsozlikni tartibga solish, ekologiyani asrash va yer resurslaridan foydalanishdagi adolatni ta’minlashga qaratilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *