Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Trampning yana bir qarori sud tomonidan bloklandi

Abrambek Azimov 24.05.20251 daqiqa o'qiladi
51

AQSHning federal sudi Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash haqidagi qarorini vaqtinchalik toʻxtatdi.

Mazkur qaror joriy yilning 23-may kuni Barak Obama tomonidan tayinlangan AQSH okrug sudi sudyasi Ellison Berrouz tomonidan chiqarilgan.

Sud qarorining qabul qilinishi orqali Harvard universiteti talabalar va almashinuvchilar dasturi — Student and Exchange Visitor Program (SEVP) uchun sertifikatni saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻladi. Sud ishni koʻrib chiqish davomida ushbu sertifikatni bekor qilish toʻxtatib qoʻyilgan.

Bir kun oldin, AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Harvardni “zoʻravonlik, antisemitizmni qoʻllab-quvvatlash va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlikda harakat qilish”da ayblab, uning SEVP sertifikatini bekor qilishni buyurgan edi.

Oʻz navbatida, Harvard universiteti 23-may kuni Massachusets federal sudiga murojaat qilib, Tramp maʼmuriyatining xalqaro talabalarni oʻqitishni taqiqlashiga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.

Hozircha Tramp maʼmuriyati mazkur qaror boʻyicha shikoyat kiritish huquqiga ega.

Ma’lumot o’rnida, bundan avvalroq AQSHning Merilend shtati federal sudyasi Donald Trampning mamlakat hududida tug‘ilish huquqi asosida Amerika fuqaroligini olishni cheklovchi farmonini ham bloklagan edi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *