Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Madaniyat-san'at

“Ishdagi ishq” filmi aktrisasi Nadejda Repina vafot etdi

Gulhayo Naimova 23.05.20251 daqiqa o'qiladi
12

“Mosfilm” kinostudiyasi qoshidagi Kinoaktyorlar teatr-studiyasi aktrisasi Nadejda Repina 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiya Kinematografchilar uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“2025-yil 21-may kuni, 79-yoshida bizning do‘stimiz va hamkasbimiz — Rossiya Kinematografchilar uyushmasi a’zosi, badiiy filmlar rejissyori, aktrisa, ssenariynavis, madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun Rossiya hukumati mukofoti sovrindori Nadejda Alekseevna Repina (1947–2025) hayotdan ko‘z yumdi”, — deyiladi xabarda.

Repina 1971-yildan 1993-yilgacha “Mosfilm” kinostudiyasi qoshidagi teatr-studiyada aktrisa bo‘lib ishlagan. U 30 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.

Eng mashhurlari orasida: “Ko‘l bo‘yida”, “Insonni sevish”, Vasiliy Shukshinning “G‘aroyib odamlar”, “Keksalar uchun ko‘ngilochar dastur”, “Dastlabki tergov” hamda Eldar Ryazanov rejissyorligidagi “Ishdagi ishq filmi” bor.

Rejissyor sifatida u “Korrida” (1985), “It” (1987), “Men unutolmayman, kechirolmayman” (1989), “Chegara” (1990), “Kvartira uchun qotillik” va “Cho‘ntakdagi ayol” filmlarini suratga olgan.

1993-yildan 2013-yilgacha esa “Yeralash” kinoyozuv jurnalida bosh rejissyor sifatida faoliyat yuritgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *