Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Centrum Air” va “My Freighter” bilan bog‘liq kompaniya “Avtooyna” MChJni sotib oldi
Jamiyat

“Centrum Air” va “My Freighter” bilan bog‘liq kompaniya “Avtooyna” MChJni sotib oldi

Gulhayo Naimova 22.05.20252 daqiqa o'qiladi
7

O‘zbekistonda avtomobil oynalari ishlab chiqaruvchi “Avtooyna” MChJning 100 foiz davlat ulushi xususiy sektor tomonidan sotib olindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Sotuv jarayoni ochiq savdolar orqali amalga oshirildi. Unda 8 ta mahalliy va xorijiy investor ishtirok etishga qiziqish bildirgan. Yakuniy bosqichda 4 ta kompaniya majburiyat asosidagi takliflarini taqdim etdi.

Eng yuqori narxni taklif qilgan “Uet Invest” MChJ 200,5 milliard so‘m evaziga savdo g‘olibi deb topildi. Xaridor bir oy ichida bu summaning 35 foizini to‘lashi lozim.

Savdo natijalari Davlat komissiyasi tomonidan rasman tasdiqlandi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, xaridor korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qoladi. 

“Uet Invest” MChJ — “Uet Construction” MChJ tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u sanoat, energetika, ko‘priklar, aeroportlar, ko‘chmas mulk kabi yirik qurilish va infratuzilma loyihalari bilan shug‘ullanadi. 2024-yilda kompaniyaning sof foydasi 300 milliard so‘mdan oshgan.

“Uet Invest” ulushining 23,05 foizi aynan “Uet Construction”ga tegishli. Unga esa G‘afurov Xafizjon Anvarovich egalik qiladi. U shuningdek, “Centrum Holidays” va “My Freighter” kompaniyalarining ham 50 foiziga egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Uet Invest” kompaniyasi “Centrum” guruhi bilan bog‘liq bo‘lib, u ilgari “Uz-Koram Kompani” MChJdagi 100 foiz davlat ulushini ham sotib olgan va hozirda “General Motors” litsenziyasi asosida avtomobillar uchun old va orqa bamper ishlab chiqarmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *