Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Osmon bilan bog‘langan koʻpqavatli inshoot loyihasi dunyoni hayratda qoldirmoqda

Osmon bilan bog‘langan koʻpqavatli inshoot loyihasi dunyoni hayratda qoldirmoqda

Nyu-Yorkdagi «Clouds Architecture Office» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Analemma Tower» loyihasi Yer orbitasida harakatlanadigan asteroidga osilgan holatda 32 kilometr balandlikda qurilishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Me’moriy g‘oyaning taqdimoti Dubayda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan eng innovatsion loyihalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyihada ko‘zda tutilgan bino «Universal Orbital Support System» (UOSS) — ya’ni universal orbital tayanch tizimi — asosida yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu tizimda asteroid Yer atrofida geosinxron orbitada joylashtiriladi va undan mustahkam kabel yerga tushiriladi. Kabelga osilgan bino Yer bilan har kuni bir xil nuqtada uchrashib turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Inshootning ichki makoni bir nechta zonalarga bo‘linadi: pastki qavatlarda ofislar, o‘rta darajadagi qavatlarda turar joylar, yuqori qismlarda esa ibodat joylari va hatto kosmik dafn marosimlari uchun mo‘ljallangan maxsus zonalar tashkil etilishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bino quyosh energiyasi bilan ishlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kosmik panellar yordamida to‘planadigan energiya binoni butunlay o‘z-o‘zini ta’minlaydigan tizimga aylantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Suv ta’minoti esa havodagi namlik va yomg‘ir suvini yig‘ish orqali hal qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu resurslar tozalab, qayta ishlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Balandlikdagi joylashuvi sabab, binoda yashovchilar kuniga qo‘shimcha 45 daqiqa quyosh nuridan bahramand bo‘lishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, inshoot Yer atrofida soatiga 300 km tezlikda harakatlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ammo loyiha hali nazariy darajada.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kosmik kabelni yaratish uchun zarur bo‘lgan karbon nanotrubkalar yoki grafen materiallari sanoat miqyosida yetarli darajada ishlab chiqarilmayapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, asteroidni orbitaga chiqarish, uni barqaror ushlab turish texnologiyalari ham hali to‘liq amaliyotga tatbiq etilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

«Analemma Tower» loyihasi dunyo arxitekturasi tarixida misli ko‘rilmagan hodisa bo‘lishi mumkin, biroq hozircha u kelajak orzusidan nariga o‘tmayapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat