Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Dushanbedagi xususiy bog‘chada ikki yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi

IMG 20250521 191530 665

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan “Savolu javob” nomli xususiy bog‘chada mudhish hodisa yuz berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yoshli bola ikki qavatli karavotdan yiqilib, bo‘yni karavot panjarasi orasiga ilingan va natijada halok bo‘lgan.

Voqea 2025-yil 19-may kuni, taxminan soat 13:05 atrofida sodir bo‘lgan. Ushbu paytda bolalarni uyquga yotqizgan 29 yoshli tarbiyachi ularni nazoratsiz holda yolg‘iz qoldirgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tarbiyachi hibsga olingan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Mutasaddi idoralar bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.