Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Fermerlar uchun suv xizmatlari sifati yaxshilanadi

Nilufar Qobilova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :14

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini yangilash, shuningdek, fermerlar uchun suv xizmatlari sifatini oshirish maqsadida 200 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston hukumati ham loyiha uchun qo‘shimcha 23,2 million dollar ajratadi. Loyiha Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan boshqariladi.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

  • Amudaryo va Sirdaryo bilan bog‘liq 8 ta yirik magistral kanalning 259 km qismi betonga o‘tkaziladi, zamonaviy suvni tejovchi materiallar, jumladan geomembranalar ishlatiladi.

  • Kanal o‘zanlari qayta profillanib, ularning sathi ko‘tariladi, bu orqali nasoslarga ehtiyoj kamayadi.

  • 470 ta yangi gidrotexnik inshootlar quriladi, bu suv taqsimotini nazorat qilishni kuchaytiradi.

  • Suv chiqishlarini boshqaruvchi qurilmalar o‘rnatiladi va SCADA tizimi orqali suv ta’minoti avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi.

Kutilyotgan natijalar:

  • 232 000 gektar maydonda irrigatsiya sifati yaxshilanadi, bu esa hosildorlikka ijobiy ta’sir qiladi.

  • 180 000 nafarga yaqin suv foydalanuvchisi, jumladan 80 000 nafar ayol samarali sug‘orish xizmatlaridan foydalanadi.

  • Har yili 540 million kub metr suvning isrofi oldi olinadi.

  • 165 million kVt soat elektr energiyasi tejab qolinadi, bu esa tizimning energiya samaradorligini oshiradi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *