Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Germaniya yadro energetikasiga qaytmoqda

Germaniya yadro energetikasiga qaytmoqda

Germaniya hukumati yadro energetikasiga nisbatan yondashuvini o‘zgartirdi va kichik modul yadro reaktorlarini ishlab chiqishni boshlashga qaror qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bu qaror energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish va karbonat gaz chiqindilarini kamaytirish rejalari doirasida qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Reaktorlar Fransiya bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yangi konservativ kansler Fridrix Mers yadro energetikasini qayta tiklashni strategik zarurat deb hisoblaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Uning fikricha, 2023-yilda yadro stansiyalarining yopilishi Germaniyani qimmat import gaziga bog‘lab qo‘ydi va bu energetik xavfsizlikka tahdid solmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yevropa Ittifoqida yadro energetikasiga bo‘lgan qarashlar o‘zgarib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Germaniyaning bu boradagi siyosiy o‘zgarishi boshqa davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ayni paytda, Avstriya yadro energetikasiga qarshi pozitsiyasini saqlab qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yadro energetikasi tarafdorlari bu qarorni ijobiy baholashyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ular yadro energiyasini past karbonli va barqaror energiya manbai sifatida ko‘rishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon