Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Germaniya yadro energetikasiga qaytmoqda

Gulhayo Naimova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :7

Germaniya hukumati yadro energetikasiga nisbatan yondashuvini o‘zgartirdi va kichik modul yadro reaktorlarini ishlab chiqishni boshlashga qaror qildi.

Bu qaror energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish va karbonat gaz chiqindilarini kamaytirish rejalari doirasida qabul qilindi. Reaktorlar Fransiya bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

Yangi konservativ kansler Fridrix Mers yadro energetikasini qayta tiklashni strategik zarurat deb hisoblaydi. Uning fikricha, 2023-yilda yadro stansiyalarining yopilishi Germaniyani qimmat import gaziga bog‘lab qo‘ydi va bu energetik xavfsizlikka tahdid solmoqda.

Yevropa Ittifoqida yadro energetikasiga bo‘lgan qarashlar o‘zgarib bormoqda. Germaniyaning bu boradagi siyosiy o‘zgarishi boshqa davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayni paytda, Avstriya yadro energetikasiga qarshi pozitsiyasini saqlab qolmoqda.

Yadro energetikasi tarafdorlari bu qarorni ijobiy baholashyapti. Ular yadro energiyasini past karbonli va barqaror energiya manbai sifatida ko‘rishadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *