Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Rossiyada «Xalqaro amnistiya» tashkilotining faoliyati man qilindi

Rossiyada "Xalqaro amnistiya" tashkilotining faoliyati man qilindi

Rossiya hukumati 2025-yil 19-may kuni “Xalqaro amnistiya» inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotining mamlakat hududidagi faoliyatini rasman taqiqladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tashkilot «Rossiya xavfsizligiga zid harakatlar qilmoqda» degan asos bilan nomaqbul deb topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu qarorga ko‘ra, ushbu tashkilot bilan har qanday shakldagi hamkorlik — moliyaviy, axborot yoki tashkiliy — endi qonunbuzarlik hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Rossiya Adliya vazirligi rasmiy bayonotida mazkur tashkilot mamlakat konstitutsion tuzumiga xavf tug‘dirayotgan faoliyat yuritayotganini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tashkilot esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etib, bu qarorni “inson huquqlari himoyachilarini siquvga olishning navbatdagi isboti” deb baholadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Xalqaro amnistiya” tashkiloti — dunyo bo‘ylab qiynoqlarga, siyosiy mahbuslarga va fuqarolik erkinliklarining buzilishiga qarshi kurashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon