Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Namanganda erkak oilaviy janjal ortidan rafiqasini pichoqladi

2023 8 16 20 28 39 698

2025-yil 17-may kuni Namangan viloyati Pop tumanida fojiali hodisa yuz berdi. Soat taxminan 11:30 atrofida “Gurumsaroy” mahallasidagi do‘konlardan birida 27 yoshli erkak B.R. oilaviy kelishmovchilik ortidan 25 yoshli rafiqasi N.X.ni pichoqlab o‘ldirdi. 

Hodisa oiladagi ilgari mavjud bo‘lgan nizolar sabab boshlangan janjal natijasida yuz bergan. Erkak do‘kon peshtaxtasida turgan oshxona pichog‘i bilan xotinini urgan. Olingan og‘ir tan jarohatlari tufayli ayol voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.