Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

O‘zbekistonda birlamchi tibbiy xizmatda 0,5 stavkali ish bekor qilinadi

O‘zbekistonda birlamchi tibbiy xizmatda 0,5 stavkali ish bekor qilinadi

O‘zbekiston Prezidenti topshirigʻi asosida birlamchi tibbiy xizmat tizimida yarim (0,5) va chorak (0,25) stavkali ish o‘rinlari bekor qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, har bir tibbiyot brigadasi va unga biriktirilgan aholi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Ushbu hujjat orqali aholining huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi. Fuqarolar o‘z oilaviy shifokorini erkin tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jarayonga xususiy tibbiyot muassasalari ham jalb qilinadi.

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan kafolatlangan tibbiy yordam paketi tasdiqlanadi. Unga muvofiq, asosiy tibbiy xizmatlar va dori vositalari to‘liq byudjet hisobidan qoplanadi.

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar soni ham ko‘paytiriladi. Poliklinikalarda akusher-ginekologlar soni ikki baravarga oshiriladi. Har 3 ming bolaga bittadan pediatr shtat birligi qo‘shiladi.