2025-yil 16-may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan ikki uyda yong’in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot berdi.
Soat 14:05 da “Yuqori Darxon” MFY Beltepa ko‘chasida joylashgan, bir-biriga tutash ikkita uyda yong‘in chiqqani haqida FVBga xabar berilgan. Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.
Ekipajlar soat 14:15 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni soat 14:52 da qurshovga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Yong‘in soat 15:03 da to‘liq bartaraf etilgan.
Natijada, taxminan 300 kvadrat metr maydondagi uylarning ichki va tom qismlari yongan. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Hozirda hodisaning sabablari va yetkazilgan moddiy zarar o‘rganilmoqda.