Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Xitoy ilk bor asteroiddan namunalar olib kelmoqchi

IMG 20250519 085912 024

Xitoy 2025-yil may oyining oxirida o‘z tarixidagi eng katta kosmik missiyalardan birini boshlaydi. Bu safar ular asteroidga maxsus kema – «Tianven-2» zondini yuboradi.

Zond asteroid yuzasidan tuproq va tosh namunalarini olib, ularni Yerga qaytaradi. Bu Xitoyning birinchi sayyoralararo namunalar yig‘ish missiyasi bo‘ladi.

Zond 29-may kuni Xitoyning Sichuan viloyatidagi Xichang kosmodromidan «Long March 3B» raketasi yordamida uchirilishi rejalashtirilgan.

«Tianven-2″ Yerga yaqin asteroidga boradi – bu asteroidning nomi» Kamooaleva» (469219).

Zond namunalarni yig‘ib, ularni 2,5 yil ichida Yerga qaytaradi.

Keyin u boshqa bir obyekt — «PANSTARRS» nomli kometa tomon yo‘l olib, u yerdan ilmiy kuzatuvlar olib boradi.

Missiyaning asosiy maqsadlari:

— Asteroid va kometalarning tuzilishi va tarkibini o‘rganish.

— Quyosh tizimi qanday paydo bo‘lganini chuqurroq tushunish.

— Suv va hayot uchun muhim moddalar (masalan, organik birikmalar) qayerdan kelganini aniqlash.

Zondda nimalar bor?

— Kamera va skanerlar (tarkibni ko‘rish va suratga olish uchun).

— Maxsus qo‘nuvchi qurilma (namunalarni olish uchun).

— Sensorlar va analizatorlar (kosmik zarrachalarni o‘lchash uchun).

Bu missiya — avval Marsga yuborilgan «Tianven-1» muvaffaqiyatidan keyin Xitoyning sayyoralararo tadqiqotlar sohasidagi ikkinchi yirik qadami hisoblanadi. U orqali Xitoy boshqa yirik kosmik kuchlar — AQSh va Yevropaga yetib olishni maqsad qilmoqda.