Xitoy 2025-yil may oyining oxirida o‘z tarixidagi eng katta kosmik missiyalardan birini boshlaydi. Bu safar ular asteroidga maxsus kema – “Tianven-2” zondini yuboradi.
Zond asteroid yuzasidan tuproq va tosh namunalarini olib, ularni Yerga qaytaradi. Bu Xitoyning birinchi sayyoralararo namunalar yig‘ish missiyasi bo‘ladi.
Zond 29-may kuni Xitoyning Sichuan viloyatidagi Xichang kosmodromidan “Long March 3B” raketasi yordamida uchirilishi rejalashtirilgan.
“Tianven-2″ Yerga yaqin asteroidga boradi – bu asteroidning nomi” Kamooaleva” (469219).
Zond namunalarni yig‘ib, ularni 2,5 yil ichida Yerga qaytaradi.
Keyin u boshqa bir obyekt — “PANSTARRS” nomli kometa tomon yo‘l olib, u yerdan ilmiy kuzatuvlar olib boradi.
Missiyaning asosiy maqsadlari:
— Asteroid va kometalarning tuzilishi va tarkibini o‘rganish.
— Quyosh tizimi qanday paydo bo‘lganini chuqurroq tushunish.
— Suv va hayot uchun muhim moddalar (masalan, organik birikmalar) qayerdan kelganini aniqlash.
Zondda nimalar bor?
— Kamera va skanerlar (tarkibni ko‘rish va suratga olish uchun).
— Maxsus qo‘nuvchi qurilma (namunalarni olish uchun).
— Sensorlar va analizatorlar (kosmik zarrachalarni o‘lchash uchun).
Bu missiya — avval Marsga yuborilgan “Tianven-1” muvaffaqiyatidan keyin Xitoyning sayyoralararo tadqiqotlar sohasidagi ikkinchi yirik qadami hisoblanadi. U orqali Xitoy boshqa yirik kosmik kuchlar — AQSh va Yevropaga yetib olishni maqsad qilmoqda.