Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Kaliforniyadagi portlash terrorchilik harakati deb baholanmoqda

Gulhayo Naimova 18.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :40

Shanba kuni Kaliforniyaning Palm Springs shahrida bepushtlikni davolash va sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanuvchi tibbiy muassasada ro‘y bergan portlash terrorchilik harakati sifatida tergov qilinmoqda. Gumonlanuvchi portlashda halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangan.

Rasmiylarga ko‘ra, gumonlanuvchi hujumdan oldin internetda radikal mazmundagi yozuvlar qoldirgan bo‘lib, ularda “dunyo aholisi kamaytirilishi kerak” degan fikrlar ilgari surilgan. U, shuningdek, hujumni videoga olish yoki jonli efirga uzatishga uringan bo‘lishi mumkin.

“Bu qasddan sodir etilgan terrorchilik harakati,” dedi FBI’ning Los-Anjeles bo‘limi rahbari Akil Devis matbuot anjumanida.
Portlashda muassasa tomi qulab, atrofdagi binolarning oynalari singan. Klinikada bemorlar bo‘lmagan, xodimlar esa sog‘-salomat.

Tibbiy muassasa rahbari, doktor Maher Abdallahning so‘zlariga ko‘ra, zarar faqat maslahatlashuv ofisiga yetgan, laboratoriya va embrionlar esa boshqa joyda saqlangan va omon qolgan.

Portlash joyidan yonib ketgan mashina topilgan. Tergovchilarning fikricha, gumonlanuvchi aynan shu avtomobilda halok bo‘lgan. Hozircha boshqa gumonlanuvchi izlanmayapti.

Palm Springs merining o‘rinbosari Naomi Soto bu tibbiyot muassasasini “umid manbai” deb atadi va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Tramp ma’muriyati voqeani qoralab, ayollar va oilalarga qarshi zo‘ravonlikni kechirilmas deb atadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *