Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

O‘zbekistonning ayrim hududlarini chang bosdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarini chang bosdi

2025-yil 17-may kuni O‘zbekistonning janubiy va markaziy hududlarida kuchli changli havo kuzatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Sun’iy yo‘ldosh suratlariga qaraganda, chang ertalabdan boshlangan va tushga yaqin yanada kuchaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayniqsa, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim qismlarida, shuningdek, Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarda chang qalinroq ko‘ringan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekistonning ayrim hududlarini chang bosdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahrida ham havoda mayda zarrachalar miqdori oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, PM2.5 zarrachalari miqdori 44,95 mkg/m³ ni tashkil etgan bo‘lib, bu ruxsat etilgan me’yordan (35 mkg/m³) 1,28 marta ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ PM10 zarrachalari esa 205,57 mkg/m³ bo‘lib, u ruxsat etilgan me’yordan oshmagan (REM: 500 mkg/m³). Havodagi uglerod oksidi (CO) miqdori 0,27 mg/m³ bo‘lib, bu ham me’yorda hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Viloyatlarda esa ko‘rsatkichlar ancha yomon.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Buxoro shahrida PM10 miqdori 918,01 mkg/m³, PM2.5 esa 143,41 mkg/m³ ni tashkil qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Qarshi shahrida PM10 – 948,42 mkg/m³, PM2.5 – 162,46 mkg/m³.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Navoiyda esa PM10 – 712,33 mkg/m³, PM2.5 – 126,56 mkg/m³ bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkichlar me’yordan 2–3 baravar yuqori.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislar bunday changli ob-havo nafas olishda muammosi bor odamlar, bolalar, keksalar va allergiyasi bor fuqarolar uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini aytishyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘zgidromet fuqarolarga iloji boricha ochiq havoda kam yurishni, ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, niqob taqishni, uyda esa deraza va eshiklarni yopib turishni tavsiya qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Mavzuga oid

Jamiyat